Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Media-reja

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tibbiyot birlashmasida sog‘liqni saqlash islohotlari, "Oila poliklinikalari" tizimining joriy etilishi va aholi salomatligini saqlashdagi o‘rni faoliyati va Media-reja ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi shodiyonalari arafasida tibbiyot sohasida erishilgan ijobiy natijalarni keng targ‘ib etish, birinchi bo‘g‘in tibbiy-sanitariya yordamini takomillashtirish hamda aholi salomatligini muhofaza qilish borasida tizimli nazorat-tahlil tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi deputati I. Xalmatov hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi B. Qurbonov tumandagi oila poliklinikalariga tashrif buyurdilar.

O‘rganish Mustaqillikning 35 yilligi munosabati bilan tasdiqlangan Media-reja ijrosini ta’minlash va sohada amalga oshirilgan amaliy ishlarning natijadorligini baholash maqsadida tashkil etildi.

Monitoring jarayonida "Oila poliklinikalari" tizimida amalga oshirilgan ishlar, aholini tibbiy xatlov va skriningdan o‘tkazish ko‘rsatkichlari, patronaj xizmati sifati hamda Onalar va bolalar salomatligini muhofaza qilish borasidagi davlat dasturlari ijrosi atroflicha ko‘rib chiqildi. Shuningdek, poliklinikalarning bepul dori-darmon va zamonaviy tibbiy jihozlar bilan ta’minlanganlik darajasi sinchiklab tahlil qilindi.

Tashrif yakunida aniqlangan masalalar yuzasidan oila poliklinikalari mas’ullariga tibbiy xizmat ko‘rsatish samaradorligini oshirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli amaliy vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 9