Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
#24_masala

Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Sh. G‘afforov hamda Inson ijtimoiy xizmatlar markazi boshlig‘i J. Jo‘rayev ishtirokida Tepaqishloq mahallasida yashovchi fuqaro Tursunov Qobil boboning murojaati o‘rganildi.

✅Fuqaro Q. Tursunov yashash xonadonini ta’mirlash uchun moddiy yordam ko‘rsatishni so‘rab, Xalq deputatlari tuman Kengashiga murojaat qilgan.

✅Murojaatda Tuman hokimliklari huzuridagi “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan, nogironligi bo‘lgan hamda oilasida mehnatga layoqatli a’zolari mavjud bo‘lmagan fuqarolarga amaldagi tartib asosida ko‘rsatiladigan ijtimoiy yordamdan foydalanish masalasi ko‘tarilgan.

✅Murojaat yuzasidan fuqaroning ijtimoiy holatini o‘rganish, tegishli hujjatlarni ko‘rib chiqish hamda amaldagi tartiblar asosida moddiy yordam ajratish imkoniyatini aniqlash bo‘yicha tegishli ishlar olib borilmoqda.

✅Fuqarolarning murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning huquq va manfaatlarini himoya qilish hamda davlat tomonidan belgilangan ijtimoiy imtiyoz va yordamlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash borasidagi ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2