Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA

🇺🇿🇺🇿🇺🇿 150 O‘RINLI YANGI MAKTABGACHA TA’LIM MUASSASASI FOYDALANISHGA TAYYORLANMOQDA

✅ Tumanda bolajonlar uchun zamonaviy va qulay sharoitlar yaratish, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash borasida amaliy ishlar davom etmoqda.

✅ Xalq deputatlari tuman Kengashi raisi B.K.Xaitov, kotibiyat mudiri O‘.Murodov, deputatlar F.Tursunqulov, Z.O‘zbekova va S.Majidovalar birgalikda 2-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining yangi binosida olib borilayotgan yakuniy qurilish-montaj ishlari joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

✅ Yangi bino 150 nafar tarbiyalanuvchiga mo‘ljallangan bo‘lib, ayni paytda uni foydalanishga topshirish oldidan so‘nggi ishlar amalga oshirilmoqda. O‘rganish davomida qurilish ishlarining sifati, binoning tayyorlik darajasi, ichki va tashqi obodonlashtirish ishlari hamda muhandislik-kommunikatsiya tizimlarining holati ko‘zdan kechirildi.

✅ Shuningdek, yakuniy bosqichda bajarilishi lozim bo‘lgan ishlar muhokama qilinib, aniqlangan ayrim kamchiliklarni bartaraf etish, qurilish-montaj ishlarini belgilangan talablar asosida sifatli yakunlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

✅ Yangi ta’lim muassasasining foydalanishga topshirilishi 150 nafar bola uchun zamonaviy, xavfsiz va qulay ta’lim-tarbiya sharoitlarini yaratishga xizmat qiladi.

✅ Deputatlar tomonidan ob’ektdagi ishlar yakuniga qadar ularning sifati va belgilangan talablarga muvofiqligi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.

Slide 1 of 8