Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
#munosabat

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev ishtirokida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan hududlarda umumiy qiymati 50 trillion so‘mlik yangi obyektlarni ishga tushirish marosimining o‘tkazilgani mamlakatimizda bunyodkorlik va taraqqiyot jarayonlari izchil davom etayotganining yorqin ifodasidir.
🌏Mazkur yirik loyihalarning ishga tushirilishi hududlarning iqtisodiy salohiyatini oshirish, yangi ish o‘rinlari yaratish, aholiga qulay sharoitlar yaratish hamda zamonaviy infratuzilmani rivojlantirishga xizmat qiladi.
🌏Deputat sifatida ushbu ezgu tashabbuslarni yuksak baholayman. Ayniqsa, yangi ishlab chiqarish va ijtimoiy obyektlarning foydalanishga topshirilishi xalqimiz farovonligini ta’minlash, hududlar taraqqiyotini jadallashtirish va yoshlar uchun munosib mehnat imkoniyatlarini kengaytirishda muhim ahamiyat kasb etadi.
🌏Mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilayotgan bunday ulkan bunyodkorlik ishlari Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining amaliy natijalarini namoyon etib, xalqimizning ertangi kunga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi.
🌏Biz, xalq vakillari, hududlarda amalga oshirilayotgan islohot va loyihalarning samaradorligini ta’minlash, ularning xalqimiz manfaatlariga xizmat qilishini nazorat qilish hamda bunyodkorlik jarayonlarini qo‘llab-quvvatlashni o‘zimizning muhim vazifamiz deb bilamiz.

Erkin Tursunov, Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati