Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 25-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Dehqon xo‘jaliklari faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Yangi o‘quv yili — yangi maqsadlar bilan boshlandi
янв.21
Muzrabot tumanida “bilimlar kuni” tadbirlari o‘tkazildi
янв.21
“Muzrabot darvoza” mahallasida aholi murojaatlariga e’tibor kuchaytirilmoqda
янв.21
Bilimlar kuni: Yangi o‘quv yiliga yangi maqsadlar bilan
янв.21
YANGI O‘QUV YILI: TA’LIM SIFATI VA YARATILGAN SHART-SHAROITLAR DEPUTAT NAZORATIDA
янв.21
Deputatlik nazorati: “Tong yulduzi”da muhim infratuzilma loyihalari nazoratda
янв.21
Kengash qarori ijrosi: ko‘p qavatli uylarda amaliy natijalar
янв.21
Ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi muammolari o‘rganildi
Deputatlar aholi murojaatlarini joyiga chiqib, uyma-uy o‘rganmoqda.

Aholining muammolarini o‘z vaqtida aniqlash, murojaatlarni joyida o‘rganish va ularning yechimini topishga ko‘maklashish — deputatlarning muhim vazifalaridan biridir.
Shu maqsadda Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi mudiri Masharipov Izzat Masharipovich, “Mahalla” xayriya jamoat fondi Xorazm viloyat bo‘limi vakili I. Matchanov, Po‘lat mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi A. Atabayev bilan hamkorlikda mahallada aholi xonadonlariga tashrif buyurib, fuqarolarning murojaat va muammolarini joyiga chiqib o‘rgandilar.
O‘rganish davomida fuqaro D.Sning davolanish masalasidagi murojaati ham atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaat yuzasidan tegishli tavsiyalar berilib, o‘rganish yakuniga ko‘ra fuqaroning viloyat shifoxonasiga yo‘naltirilishi ta’minlandi.
Bunday amaliy ishlar orqali deputatlar nafaqat fuqarolarning murojaatlarini tinglamoqda, balki muammoni xonadonning o‘zida o‘rganib, uning amaliy yechimiga ko‘maklashmoqda.
Aholi bilan bevosita muloqot, uyma-uy yurib murojaatlarni o‘rganish va muammolarni mas’ullar bilan birgalikda hal etish — xalq vakilligining amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 4