35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari

#Madad NNT bilan hamkorlikdagi tadbirlari

📍Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tumani Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov hamda "Madad" nodavlat notijorat tashkiloti tuman huquqiy maslahat byurosi bosh mutaxassisi R.Kichinov ishtirokida fuqarolar murojaatlarini tinglandi.

📖Tadbir davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar atroflicha ko‘rib chiqilib, ularning huquqiy yechimlari yuzasidan tushuntirishlar berildi. Shuningdek, "Madad" NNT tuman rahbari tomonidan aholiga bepul yuridik yordam ko‘rsatilib, amaldagi qonunchilik talablari asosida huquqiy maslahatlar berildi.

📖Jumladan fuqarolarni qiynab kelayotgan muammolariga huquqiy yechim va tushuntirishlar berildi, fuqarolarga Mehnat sohasiga oid savollariga, ijtimoiy himoyaga muhtoj aholi qatlamlari uchun imtiyozlar va moddiy yordam berish, nafaqa tayinlash, ishsizlikdan himoyalanish, ijtimoiy yordam olish tartibi bo‘yicha oxirgi qabul qilingan qonunlar yuzasidan tushuntirish va ularni amaliyotda qoʻllash yuzasidan maslahatlar berib oʻtildi.

Shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan qabul qilingan PQ-1-sonli qarorining mazmun mohiyati, nizoli oilalar bilan samarali ishlash, ularni yarashtirish choralarini koʻrish murojaatlarga befarq boʻlmaslik, profilaktik suhbatlar olib borish yuzasidan mahalla faollariga tegishli koʻrsatmalar berib oʻtildi.

✅Xalq deputatlari O'rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 3