35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Gaza mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

Gaza mahallasida mahalla yettiligi faoliyati o‘rganildi

✅ Bugun xalq deputatlari viloyat kengashi kotibiyati mudiri Sh.M.Boyqulov, tuman kengashi raisi B.K.Xaitov, tuman Kengashi deputatlari birgalikda Boysun tumani Gaza mahallasida mahalla yettiligi faoliyati bilan bog‘liq masalalar va mavjud muammolar atroflicha o‘rganildi.

✅ O‘rganish jarayonida mahalla yettiligi a’zolarining o‘z yo‘nalishlari bo‘yicha faoliyati, aholi bilan ishlash holati, fuqarolarning murojaat va muammolarini o‘rganish, ularni tegishli tashkilotlarga yo‘naltirish hamda ijrosini nazorat qilish ishlari ko‘rib chiqildi.

✅ Shuningdek, mahallada aholi bandligini ta’minlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, oilalardagi ijtimoiy muammolarni aniqlash va bartaraf etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

✅ O‘rganish davomida mahalla yettiligi faoliyatida uchrayotgan muammolar, idoralararo hamkorlikni talab qiladigan masalalar hamda aholining yechimini kutayotgan murojaatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅ Aniqlangan muammolarni joyida hal etish, aholi murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda mahalla yettiligi faoliyatining samaradorligini yanada oshirish bo‘yicha zarur choralar belgilab olindi.

Slide 1 of 3