35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Marg'ilon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi

#sessiya_oldi_masala #162_ta_qonun
🖥Marg'ilon mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o'rganildi

Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Boratov Sherxon Abduqaxxorovich saylangan 3-Sharshara saylov okrugida tuman Kengashi deputati Ozodaxon Dadajonova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Abduxamid Eminjonov tomonidan tuman Bandlik bo'limi boshlig'ining O‘zbekiston Respublikasining “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonuni talablari ijrosini ta’minlash doirasida Farg‘ona tumanida 2026-yilning o‘tgan davrida aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ishsizlikni qisqartirish borasida amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risidagi hisoboti yuzasidan Marg‘ilon mahallasida hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, 7 nafar fuqaroning doimiy ish bilan ta’minlanganligi, fuqarolarga jami 104 mln so‘m miqdorida 18 foizli kredit ajratilganligi, shuningdek, 3 nafar fuqaroga imtiyozli kredit ajratilganligi aniqlandi.
Shuningdek, yil boshida mahallada 66 nafar ishsiz fuqaro aniqlangan bo‘lib, birinchi yarim yillik davomida ularning 50 nafari ish bilan ta’minlanganligi ma’lum bo‘ldi.
Shuningdek navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan masala
O‘rganish natijalari asosida hokim yordamchisi faoliyati yuzasidan tegishli xulosa va takliflar shakllantirilib, aniqlangan masalalar bo‘yicha deputatlik nazoratini davom ettirish belgilandi.

⌛ Kengashning rasmiy sahifalarini kuzatib boring. ⬇️
Telegram |✅ Facebook | 🎬 YouTube | 📱 Instagram |🌐 E-Kengash.uz

Slide 1 of 3