35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
Deputatlar tomonidan qaror ijrosi nazorat tartibida o‘rganildi.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 27-fevraldagi "Nogironligi bo‘lgan bolalar uchun kunduzgi parvarish xizmatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 126-sonli qaroriga asosan tashkil etilgan “Smart shoxbek“ MChJ ga qarshli davlat xususiy sherikchilik asosida o’zgalar parvarishiga muhtoj bo’lgan bolalar uchun kunduzgi qarab berish xizmati faoliyatini o‘rganishdi.
Bunday loyihalar xususiy sheriklik asosida, davlat tomonidan subsidiya orqali amalga oshirilmoqda.
Bu xizmatdan foydalanayotgan onalar farzandlariga mehri va g‘amxo‘rligi uchun Prezidentimizga minnatdorlik bildirdi. Ularning aytishicha, oldinlari bunday bolalar faqat uyda o‘tirar, jamiyatdan ajralib qolardi.
Yangi ijtimoiy himoya tizimi tufayli endi ular ham “yorug‘likka” chiqyapti. Nogironligi bor bolalar inklyuziv ta’limga, qiziqarli dars va mashg‘ulotlarga jalb etilib, hayotiy ko‘nikmalarni o‘rganyapti. Bu nogiron farzandi bor oilalar uchun juda katta madad va taskindir.

Slide 1 of 2