35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
📌 Deputat va “Shovottumangaz” filiali hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

9-Yangiobod saylov okrugidan saylangan deputat Xasanova Durdona Otaxanovna deputatlik faoliyati doirasida o‘ziga biriktirilgan “Shimolgazta’minot” UK “Shovottumangaz” filiali bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ydi.
Hamkorlik doirasida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Norboyevaning mahalliy Kengashlar deputatlari bilan o‘tkazilgan uchrashuvida belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash, xususan, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan ustuvor yo‘nalishlar bo‘yicha parlament va deputatlik nazoratini kuchaytirish, elektr va gaz ta’minoti barqarorligini ta’minlash hamda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini doimiy nazoratda olib borish yuzasidan hamkorlik ishlari tashkil etildi.
Shuningdek, yoqilg‘i-energetika sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni qo‘llab-quvvatlash, energiya yo‘qotishlarini kamaytirish, gaz ta’minoti tizimidagi mavjud muammolarni o‘rganish, hisobga olish tizimini takomillashtirish hamda aholini tabiiy gaz bilan uzluksiz ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan ishlar deputatlik nazorati asosida muntazam monitoring qilib boriladi.
Mazkur hamkorlik hudud aholisiga ko‘rsatilayotgan kommunal xizmatlar sifatini yanada oshirish va energiya sohasidagi islohotlar samaradorligini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 2