35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
#munosabat

Davlat tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga yetkazilgan moddiy hamda ma'naviy zararni qoplashning aniq huquqiy mexanizmi belgilangani fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlarini ta'minlash yo'lidagi muhim qadamdir.
✔️Yangi tartibga ko'ra, davlat organlari yoki mansabdor shaxslarning noqonuniy xatti-harakatlari oqibatida yetkazilgan zarar hududiy kompensatsiya jamg'armasi hisobidan qoplanishi fuqarolarning o'z huquqlarini samarali himoya qilishiga xizmat qiladi. Kompensatsiya miqdorining sud tomonidan belgilanishi esa ushbu jarayonning xolis va adolatli bo'lishini ta'minlaydi.
✔️Shuningdek, jamg'arma tomonidan to'langan mablag'larning aybdor shaxslardan regress tartibida undirilishi mansabdor shaxslarning mas'uliyatini yanada oshiradi hamda kelgusida bunday holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.
✔️Ishonchim komilki, mazkur qonunning amaliyotga joriy etilishi davlat organlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va javobgarlik tamoyillarini mustahkamlaydi, fuqarolarning davlat idoralariga bo'lgan ishonchini yanada oshiradi. Xalq deputati sifatida qonun ijrosining joylarda to'liq va samarali ta'minlanishi ustidan deputatlik nazoratini amalga oshirishga alohida e'tibor qarataman.