35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
📍 Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasidagi ishlar nazoratda

Xalq deputatlari Xorazm viloyati Kengashining 2026-yil 31-martdagi VII-20-37-12-0-K/26-son qaroriga muvofiq, Shovot tumanida "Yangi Oʻzbekiston qiyofasi" dasturi doirasida amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalarining ijrosi yuzasidan monitoring o‘tkazildi.
Monitoring Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi kotibiyati mudiri, 24-Gulshan saylov okrugi deputati Masharipov Izzat Masharipovich hamda 1-Komiljon Otaniyozov saylov okrugi deputati deputati Kariyev Mansur Omongaldiyevich tomonidan amalga oshirildi.
Monitoring davomida "Yangiobod" MFY hududidagi M. Sapayev va Yangiobod ko‘chalarining 1,6 kilometr qismida olib borilayotgan asfaltlash ishlari ko‘zdan kechirilib, qurilish jarayonining sifati va belgilangan muddatlarda bajarilishi yuzasidan nazorat olib borildi.
Mahallalarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, fuqarolar uchun qulay sharoit yaratish hamda hududning yanada obod va zamonaviy qiyofa kasb etishiga xizmat qilmoqda.
Yurtimiz ravnaqi, mahallalar obodligi va xalq farovonligi yo‘lidagi ishlar izchil davom etmoqda.

Slide 1 of 5