35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
#nazorat #o'rganish

Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi tomonidan aholi farovonligini oshirish va xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida “Kimyogar” mahallasida navbatdagi o‘rganish tadbiri o‘tkazildi.
Mazkur jarayonda shahar Kengashi deputati Behzod Salimov, Muhiddin Abdullayev  hudud deputati Sevar Qodirova hamda biriktirilgan Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi Mukarram Ne’matullayeva ishtirok etib, mahalla hayoti bilan yaqindan tanishdilar.
Mahalladagi xotin-qizlar faolining ish faoliyati va xotin-qizlar bilan ishlash tizimi tahlil qilindi.
Ijtimoiy himoyaga muhtoj va moddiy ahvoli og‘ir bo‘lgan ayollarning xonadonlariga shaxsan borilib, ularning yashash sharoitlari ko‘zdan kechirildi.
Fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot o‘tkazilib, ularni qiynayotgan muammolar va kundalik ehtiyojlari atroflicha o‘rganildi.
Suhbat davomida oilalarning moddiy ta’minotini yaxshilash, ayollar bandligini ta’minlash va ularni tadbirkorlikka yo‘naltirish bo‘yicha aniq tavsiyalar hamda huquqiy tushuntirishlar berildi.

🌸 Maqsadimiz — har bir ayolning ijtimoiy himoyasini ta’minlash va oilalar farovonligiga erishishdir.

Slide 1 of 3