YANGIQISHLOQ MAHALLASI KO‘CHABOSHILARI BILAN UCHRASHUV O‘TKAZILDI
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati mudiri F. Xolmuratova tomonidan Yangiqishloq mahallasi ko‘chaboshilari bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Uchrashuv davomida mahallada mavjud ijtimoiy-iqtisodiy masalalar, aholini qiynayotgan dolzarb muammolar, hududlarni obodonlashtirish, infratuzilmani yaxshilash hamda fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi.
Shuningdek, ko‘chaboshilar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar tinglanib, ularni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda murojaatlarni o‘z vaqtida ko‘rib chiqish yuzasidan zarur tavsiyalar berildi.
🤝 Bunday ochiq muloqotlar mahalladagi muammolarni joyida o‘rganish, fuqarolar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va ularning hayot sifatini yaxshilashga xizmat qiladi.