35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

📍 Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashining 3-Ko‘kpatas saylov okrugi deputati B.Kuzenbayev tomonidan saylov okrugidagi aholiga ko‘rsatilayotgan tez tibbiy yordam xizmatining holati yuzasidan deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi.

Mazkur o‘rganish Uchquduq tuman tibbiyot birlashmasi rahbari M.Norqulov ishtirokida amalga oshirildi. O‘rganish davomida tez tibbiy yordam xizmati faoliyatining amaldagi holati, chaqiriqlarga o‘z vaqtida yetib borilishi, brigadalarning shayligi, maxsus avtotransport vositalarining texnik holati, tibbiy jihozlar va dori-darmonlar bilan ta’minlanganlik darajasi, navbatchilikni tashkil etish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, fuqarolarning tez tibbiy yordam xizmatidan foydalanish jarayonida uchrayotgan muammolar, murojaatlarni qabul qilish va ularga tezkor munosabat bildirish amaliyoti, tibbiyot xodimlarining xizmat vazifalarini bajarish holati ham tahlil qilindi.

O‘rganish davomida mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, tez tibbiy yordam brigadalarining faoliyatini takomillashtirish hamda aholining sifatli va o‘z vaqtida tibbiy yordam olishiga qaratilgan chora-tadbirlarni izchil davom ettirish yuzasidan fikr almashildi.

Deputat B. Kuzenbayev tomonidan aholi salomatligini muhofaza qilish, ayniqsa, shoshilinch tibbiy yordam xizmatining uzluksiz va samarali faoliyat yuritishi muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. O‘rganish davomida aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda ularning ijrosi deputatlik nazoratiga olindi.

Xalq deputatlari Uchquduq tumani Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda qonun hujjatlari ijrosi, davlat va ijtimoiy xizmatlar sifati hamda fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan deputatlik nazorati tadbirlari muntazam davom ettiriladi.

Slide 1 of 3