35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
📍 Deputatlik nazorati: O‘rmonchi mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.

📍 Deputatlik nazorati: O‘rmonchi mahallasida xotin-qizlar bilan ishlash samaradorligi o‘rganildi.
Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati G.Keldibekova tomonidan O‘rmonchi mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati samaradorligi yuzasidan 24 ta muhim yo‘nalish bo‘yicha ishlab chiqilgan tavsiyalar asosida nazorat-tahlil tadbiri amalga oshirildi.
Nazorat-tahlil jarayonida xotin-qizlarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash, ularning bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish, kasb-hunarga o‘qitish, ijtimoiy muammolarini hal etish hamda ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha o‘rganildi.
Xotin-qizlar muammolarini tizimli hal etish, davlat dasturlari doirasida yaratilgan imkoniyatlardan samarali foydalanish, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni yanada kuchaytirish yuzasidan amaliy taklif va tavsiyalar bildirildi

Slide 1 of 2