35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
XALQ DEPUTATLARI UCHQUDUQ TUMANI KENGASHI

O‘zbekiston Respublikasida korrupsiyaning oldini olish, davlat organlari va tashkilotlari faoliyatida ochiqlik hamda shaffoflikni ta’minlash, xodimlarning xizmat vazifalarini halol va xolis bajarishini mustahkamlash borasida qator muhim huquqiy hujjatlar qabul qilinmoqda.

Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi M.Muhammadiyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-iyundagi O‘RQ–931-son “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi yuzasidan Uchquduq tuman yo‘llaridan foydalanish davlat muassasasida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida mazkur qonun talablarining amaliyotga joriy etilishi, manfaatlar to‘qnashuvining oldini olish bo‘yicha belgilangan vazifalar ijrosi, xodimlarning mazkur yo‘nalishdagi huquqiy bilim va ko‘nikmalari, shuningdek, ichki tartib-taomillarga rioya etish holatlari ko‘rib chiqildi.

Bunda davlat muassasasida manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat faoliyatida shaxsiy manfaatlarning ustuvor bo‘lishining oldini olish, xodimlarning mas’uliyatini oshirish hamda qonun talablariga qat’iy rioya etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

O‘rganish yakunlari bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va tushuntirishlar berildi. Kelgusida ushbu yo‘nalishdagi ishlarni yanada takomillashtirish, qonun talablarini amaliyotga samarali tatbiq etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Slide 1 of 3