35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI
Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati Salomat Kamilova tomonidan Qarshi shahrida jamoat transporti infratuzilmasini yanada takomillashtirish hamda aholiga qulay sharoit yaratish maqsadida Viloyat hokimining o'rinbosari Murodulla Azizovga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat so‘rovida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 14-noyabrdagi 757-sonli "Hududlarda jamoat transporti infratuzilmasini rivojlantirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida"gi qarori ijrosiga alohida e'tibor qaratilgan. Mazkur qarorga muvofiq, shaharlar va aholi punktlari ko‘chalaridagi avtobus bekatlarini tashkil etish viloyat hokimliklari zimmasiga yuklatilgan.

O‘rganishlar davomida Qarshi shahridagi viloyat "Ona va bola" shifoxonasi oldida avtobus bekati mavjud emasligi, shuningdek, 7 va 16-sonli avtobus yo‘nalishlarida ham qo‘shimcha bekatlarga ehtiyoj borligi aniqlangan. Ushbu holat fuqarolar, ayniqsa bemorlar, homilador ayollar, yosh bolali onalar hamda keksalar uchun noqulaylik tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan mas'ul idoralarga mazkur hududlarda avtobus bekatlarini barpo etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda rejalashtirilgan ishlar yuzasidan qonunchilikda belgilangan muddatlarda asoslantirilgan axborot taqdim etish so‘raldi.

Qonun ustuvorligi va hukumat qarorlari ijrosini ta'minlash — fuqarolarga qulay va xavfsiz transport xizmatlarini yaratishning muhim omilidir.