35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining 24-sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi va huquqiy targ‘ibot yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Tuman Kengashi huzuridagi ekspert guruhi tomonidan qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati
янв.21
“Madaniyat” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
янв.21
Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
“Bodomzor” mahallasida xotin-qizlar faolining faoliyati deputatlik nazorati doirasida o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi qarorlari ijrosi deputatlik nazoratida
Deputat saylovchilarga axborot berdi

 🇺🇿 “18-Qirg‘iz” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Avazbek Raxmonov tomonidan O‘zbekiston
Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq, o‘zi
saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi yuzasidan axborot berish - uchrashuvi o‘tkazildi.
 

🔰 Uchrashuvda mahalla mas’ullari va ular bilan hamkorlikda ishlaydigan ko‘chaboshilar - jamoatchilik asosida faoliyat yuritadigan mahalla faollari, ijtimoiy soha xodimlari, aholi vakillari ishtirok etdilar. 

Deputat tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragida amalga oshirilgan deputatlik faoliyati bo‘yicha axborot taqdim etildi. Jumladan: Kengash
sessiyalarida ko‘rilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar, deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, saylovchilar murojaatlari bilan ishlash, saylov okrugidagi mavjud muammolarni bartaraf etishda amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi, obodonlashtirish, shuningdek fuqarolar manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar haqida axborot berildi.
 

▶️ Uchrashuvda yakunida saylovchilarning murojaat va takliflari tinglandi, ularning tegishliligi bo‘yicha mas’ul tashkilot vakillariga yo‘naltirilishi kelishib olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1