35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
#deputat_nazorati Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, ularning qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish — xalq deputatlari shahar Kengashi deputatlarining muhim vazifalaridan biridir.

Shu maqsadda, Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati S.Jo‘rayeva tomonidan saylov okrugidagi “Nurafshon” mahalla fuqarolar yig‘ini Bobodehqon ko‘chasida yashovchi koʻcha faollari bilan birga fuqarolarning elektr ta’minoti bilan bog‘liq murojaati deputatlik nazorati tartibida o‘rganildi.

Mazkur murojaatda fuqarolar hududdagi elektr ta’minoti sifatini yaxshilash maqsadida amalga oshirilgan ishlar uchun minnatdorlik bildirgan holda, yangi o‘rnatilgan transformator faoliyati bilan bog‘liq ayrim noqulayliklar mavjudligini ma’lum qilgan.

Ta’kidlash joizki, hududda elektr ta’minotini yaxshilash maqsadida homiylar ko‘magi hamda shahar elektr tarmoqlari korxonasi tashabbusi bilan avvalgi 160 kVA quvvatli transformator o‘rniga 250 kVA quvvatli yangi transformator punkti o‘rnatilgan. Mazkur yangilanish natijasida aholi xonadonlarining elektr ta’minoti sifati yaxshilangan.

Biroq, yangi transformator ish jarayonida yuqori shovqin bilan ishlayotgani sababli yaqin atrofda istiqomat qiluvchi fuqarolarga, ayniqsa tungi vaqtlarda, noqulaylik tug‘dirayotgani yuzasidan murojaat kelib tushgan.

Deputat S.Jo‘rayeva mazkur masalani joyiga chiqqan holda o‘rganish maqsadida soha mutaxassislari bilan birgalikda Bobodehqon ko‘chasida bo‘lib, aholi vakillari bilan uchrashdi. O‘rganish jarayonida transformatorning texnik holati ko‘zdan kechirilib, shovqin kelib chiqish sabablari atroflicha tahlil qilindi.

Aniqlangan holatlar yuzasidan shahar elektr ta’minoti korxonasi mutaxassislariga transformator faoliyatini texnik jihatdan o‘rganish, shovqin darajasini kamaytirish hamda mavjud muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.
“Aholi murojaatlari deputatlik faoliyatimizda doimo ustuvor yo‘nalishlardan biri hisoblanadi. Fuqarolarning osoyishtaligi va qulay yashash sharoitlarini ta’minlash maqsadida mazkur masala bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda ish olib boramiz”,
— dedi deputat S.Jo‘rayeva.

Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 7-avgustdagi O‘RQ-940-son “Energiyani tejash, undan oqilona foydalanish va energiya samaradorligini oshirish to‘g‘risida”gi Qonuni mazmun-mohiyatiga ham bevosita uyg‘un hisoblanadi. Ushbu Qonun energiya resurslaridan oqilona foydalanish, energiya samaradorligini oshirish, energiya infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida rivojlantirish hamda iste’molchilarga sifatli va xavfsiz energiya xizmatlarini ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.

Qonunga muvofiq, energiya ta’minoti obyektlaridan foydalanishda energiya samaradorligi bilan bir qatorda ularning texnik xavfsizligi, amaldagi me’yor va standartlarga muvofiqligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. Shu bois deputat tomonidan transformatorning texnik holatini joyiga chiqib o‘rganish, mutaxassislarni jalb etish hamda aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berilishi qonun talablarini amalda ta’minlashga xizmat qiladi.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputati tomonidan fuqarolar murojaati ijrosi alohida nazoratga olinib, muammoni qisqa muddatlarda bartaraf etish yuzasidan ishlar davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4