35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat ko‘chama-ko‘cha yurib, aholi murojaatlarini o‘rgandi
янв.21
Deputatlik nazorati davom etmoqda: 49-son oilaviy poliklinikada tibbiy xizmat sifati va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
янв.21
Mahallada ko‘chama-ko‘cha yurilib, aholi murojaatlari o‘rganildi
янв.21
Mahalladagi muammolar yechimi yuzasidan amaliy muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylov okrugidagi bunyodkorlik ishlari bilan tanishdi
янв.21
Hududdagi  infratuzilma loyihalari deputat nazoratida
янв.21
Ijtimoiy xizmatlar sifati deputatlik nazoratida: qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat saylovchilariga axborot berdi
янв.21
“Xalq yo‘li” mahallasida aholi muammolari manzilli o‘rganildi
янв.21
Aholi salomatligi – deputatlar e’tiborida: tibbiy xizmat va bepul dori ta’minoti o‘rganildi
📚 Kitobxonlik va huquqiy savodxonlik yo‘lida muhim uchrashuv

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasidan saylangan deputat Z. Esirgapova o‘ziga biriktirilgan tashkilot — Bekobod tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida O‘zbekiston Respublikasining 2011-yil 13-apreldagi “Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida”gi O‘RQ–280-son Qonunining mazmun-mohiyatini tushuntirishga bag‘ishlangan uchrashuv o‘tkazdi.

Tadbir davomida mazkur qonunning asosiy maqsad va vazifalari, axborot-kutubxona xizmatlarini rivojlantirish, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish hamda aholining axborot resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish borasidagi ahamiyati haqida batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari tomonidan mavzu yuzasidan fikr va mulohazalar bildirilib, o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar.

Slide 1 of 2