Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi kotibiyat mudiri A.Ermatov 13-Yoyilma saylov okrugida joylashgan Yoyilma mahalla fuqarolar yigʻinida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlarini oʻrgandi.

Oʻrganish davomida hudud deputati X.Abdurahmonovning saylov okrugidagi Temur Malik koʻchasining 215 metr qismida olib borilayotgan asfaltlash ishlari koʻzdan kechirildi. Mazkur loyiha "Muhammad Fayz" MChJ tomonidan amalga oshirilmoqda.

Oʻrganish jarayonida bajarilayotgan qurilish ishlarining sifati, foydalanilayotgan materiallarning belgilangan talablarga muvofiqligi hamda ishlarni belgilangan muddatlarda yakunlash masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Xalq deputatlari Margʻilon shahar Kengashi tomonidan hududlarda amalga oshirilayotgan bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini doimiy nazorat qilib borish, ularning sifatli va oʻz vaqtida bajarilishini taʼminlash yuzasidan monitoring tadbirlari davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4