Pastdarg‘om tumani Xalq deputatlari Kengashi Agrar, suv xo‘jaligi va ekologiya masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining qaroriga muvofiq, tuman veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi qoshidagi veterinariya laboratoriyasini zamonaviy laboratoriya uskunalari bilan jihozlash belgilandi.
Ushbu tashabbus tumanda hayvonlar kasalliklarini o‘z vaqtida aniqlash, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash hamda veterinariya xizmatlari sifatini yanada oshirishga qaratilgan.
Qarorga ko‘ra laboratoriya quyidagi zamonaviy uskunalar bilan ta’minlanadi:
avtoklav, laminar shkaf, termostatlar, laboratoriya sentrifugalari, biologik xavfsizlik shkafi, elektron analitik tarozi, mikroskoplar, sterilizator, suv distillyatori, rN-metr, magnitli aralashtirgich, vorteks mikser, laboratoriya muzlatgichi, -20° namunalar saqlash muzlatkichi, kompyuter jamlanmalari hamda printer va skaner qurilmasi.