Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

Oshiq ota mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Oshiq ota mahallasida hokim yordamchisi tomonidan olib borilayotgan ishlar holati deputat N. Eliboyev ishtirokida o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahallada ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni hal etish, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash, bandlikni ta’minlash hamda aholi turmush darajasini yaxshilash bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, hududdagi mavjud muammolar va ularni bartaraf etish yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar berildi.

Mahalla darajasida ish samaradorligini oshirish, aholiga yaqin va ochiq muloqot tizimini kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Pastdarg'om tuman Kengashi deputati N. Eliboyev tomonidan o‘rganishlar natijasi bo‘yicha mas’ullarga aniq vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 2