Konstitutsiya bayrami keng nishonlandi!
Samarqand shahridagi yoshlar markazida Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 32 yilligi munosabati bilan tantanali tadbir oʻtkazildi.
Bayram tadbirida viloyatning keng jamoatchiligi, boshqarma va tashkilot rahbarlari, mahallar yettiligi vakillari hamda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari ishtirok etishdi.
Unda viloyat hokimi vazifasini bajaruvchi Adiz Boboyev ishtirok etib, barchani bayram bilan tabrikladi. Viloyat rahbari oʻz maʼruzasida viloyatimiz koʻrsatkichlari, kelgusi rejalar haqida toʻxtaldi.
Ayni paytda tadbir sanʼat ustalari, isteʼdodli yoshlar ishtirokidagi konsert dasturi bilan davom ettirildi.