35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

📌 Deputatlik nazorati doirasida o‘rganish olib borildi

👥 Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 12-Cho‘mishli–Taroqli saylov okrugi deputati F. Shermuxamedova hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov ishtirokida Cho‘mishli mahallasidagi 14-umumiy ta’lim maktabida olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan tanishildi.

📖 Mazkur ishlar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 28-martdagi PQ-141-son qaroriga muvofiq, Islom taraqqiyot banki ishtirokida amalga oshirilayotgan “Qishloq joylarni kompleks rivojlantirish” loyihasining 2-bosqichi doirasida olib borilmoqda

🚶Tashrif davomida maktab hududida qurilgan piyodalar yo‘lakchasi, 120 o‘ringa mo‘ljallangan yangi o‘quv binosi, 50 o‘rinli yangi oshxona hamda asosiy 360 o‘rinli maktab binosida amalga oshirilayotgan mukammal ta’mirlash ishlari ko‘zdan kechirildi

✅ Shuningdek, obyektlarda olib borilayotgan qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, yaratilayotgan sharoitlar hamda ishlarning belgilangan muddatlarda yakunlanishi yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 4