Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

“Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi kotibiyati mudiri Jo‘rabek Hafizov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Diyorbek Toirov tomonidan “Me’mor” mahallasida hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududida aholi bandligini ta’minlash, tadbirkorlikni rivojlantirish hamda fuqarolarning daromadlarini oshirishga qaratilgan ishlar holati atroflicha ko‘zdan kechirildi. Hokim yordamchisi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalar, yangi ish o‘rinlarini yaratish, o‘zini o‘zi band qilgan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlar samaradorligi tahlil qilindi.

Shuningdek, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash, ularning muammolarini o‘z vaqtida hal etish hamda davlat dasturlari doirasida ajratilayotgan imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tashrif davomida mutasaddilar tomonidan fuqarolar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va murojaatlari tinglandi. Aniqlangan ayrim masalalar yuzasidan tegishli mas’ullarga amaliy tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.
Yakunda “Me’mor” mahallasida aholi farovonligini oshirish, tadbirkorlik muhitini yanada yaxshilash hamda ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha muhim vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 2