Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova Qibray tumanida Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Toshkent viloyati Kengashi deputati Gulnora Ahmedova Qibray tumanida Investitsiya dasturi doirasida rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirilgan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyati bilan tanishdi.

Mazkur ta’lim muassasasi 8,5 milliard so‘m mablag‘ evaziga zamonaviy talablarga mos ravishda qayta qurilib, foydalanishga topshirildi. Amalga oshirilgan bunyodkorlik ishlari natijasida bog‘chaning quvvati 126 o‘rindan 330 o‘ringacha kengaytirildi. Bu esa hududdagi yuzlab bolajonlarning sifatli maktabgacha ta’lim va tarbiya bilan qamrab olinishi uchun keng imkoniyat yaratdi.

Shuningdek, muassasada 20 ta yangi ish o‘rni tashkil etilib, mahalliy aholi bandligini ta’minlashga ham munosib hissa qo‘shildi.

Deputat Gulnora Ahmedova muassasada yaratilgan sharoitlar, o‘quv-tarbiya jarayonlari, bolalar uchun tashkil etilgan zamonaviy xonalar hamda pedagoglar faoliyati bilan yaqindan tanishdi. Muloqotlar davomida maktabgacha ta’lim sifatini yanada oshirish, bolalarning har tomonlama rivojlanishi uchun qulay muhit yaratish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining foydalanishga topshirilishi Qibray tumanida maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish, yosh avlodning sifatli ta’lim olishi hamda ularning barkamol voyaga yetishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biri bo‘ldi.

Slide 1 of 4