Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
DEPUTAT MUROJAATI JOYIGA CHIQIB O‘RGANILDI

O‘rganish davomida mahalla aholisi tomonidan ko‘p qavatli uylarni ichimlik suvi bilan ta’minlashda suv bosimining pastligi yuzasidan ilgari surilgan murojaat ijrosi ko‘zdan kechirildi.

Aniqlanishicha, murojaat yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlar tomonidan zarur choralar ko‘rilib, muammo ijobiy hal etilgan hamda ko‘p qavatli uylar ichimlik suvi bilan barqaror ta’minlanishi yo‘lga qo‘yilgan.

Shuningdek, hududdagi ko‘p qavatli uylar atrofida joylashgan bolalar maydonchasi hamda chiqindi to‘plash maydonchasining sanitariya holati ham ko‘zdan kechirildi. Maydonchaning bugungi holati, undan bolalarning xavfsiz va samarali foydalanishi uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Uchrashuv davomida aholi bilan ochiq muloqot qilinib, ularni qiynayotgan boshqa masalalar ham tinglandi hamda ularni bosqichma-bosqich hal etish maqsadida mas’ul tashkilotlarga deputatlik nazorati doirasida tegishli choralar ko‘rilishi belgilandi.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi tomonidan fuqarolarning murojaatlarini joyiga chiqqan holda o‘rganish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha deputatlik nazorati davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 2