Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️ Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida deputat boshchiligida ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Vasila Alimova tashabbusi bilan Respublika bolalar ijtimoiy moslashuvi markazida tarbiyalanuvchilar uchun ekologik-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

🌱 Tadbirning asosiy maqsadi bolalarda tabiat va atrof-muhitga mehr-muhabbatni shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirish hamda ularni hayvonot olamiga ehtiyotkorona munosabat ruhida tarbiyalashdan iborat bo‘ldi. Mazkur tashabbus mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan yoshlar bilan ishlash, bolalarning ma’naviy kamolotini qo‘llab-quvvatlash va ularning ijtimoiy moslashuviga ko‘maklashish vazifalariga hamohang tarzda amalga oshirildi.

🔎 Tadbir doirasida ekojurnalist N. Qosimova hamda Toshkent hayvonot bog‘i mutaxassislari markaz tarbiyalanuvchilari bilan uchrashib, ularga hayvonot olami, jonivorlarga g‘amxo‘rlik qilish, tabiatni asrash va ekologik muvozanatni saqlashning ahamiyati haqida qiziqarli ma’lumotlar berdilar. Uchrashuvga maxsus olib kelingan toshbaqa, xomyak va quyonlar bolalarda katta qiziqish uyg‘otdi. Tarbiyalanuvchilar jonivorlarni yaqindan kuzatish, ularni parvarishlash jarayonlari bilan tanishish va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.

💬 Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan hayvonlarga mehr ko‘rsatish, ularni asrash, atrof-muhitni muhofaza qilish hamda ekologik mas’uliyatni his etish bo‘yicha tavsiyalar berildi. Bolalar esa qiziqarli muloqotlarda faol qatnashib, unutilmas taassurotlarga ega bo‘ldilar.

🤝 Deputat Vasila Alimova o‘z so‘zida bunday ekologik-ma’rifiy tadbirlar bolalarning ruhiy holatini yaxshilash, ularning ijtimoiy moslashuvini qo‘llab-quvvatlash, tabiat va hayvonot olamiga nisbatan mehr-muhabbat tuyg‘ularini shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

✅ Tadbir yakunida ishtirokchilar ushbu foydali va qiziqarli tashabbus uchun minnatdorlik bildirib, hayvonlar bilan bevosita muloqot ularda iliq taassurotlar qoldirganini qayd etdilar. Mazkur tadbir yosh avlod qalbida ekologik madaniyat, tabiatga hurmat va atrof-muhitga mas’uliyatli munosabatni shakllantirishga xizmat qildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 4