35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tomonidan sog‘liqni saqlash sohasidagi ishlar o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi saylovchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi
янв.21
Tuman hokimi – tuman Kengashi deputatining sayyor qabuli: aholi murojaatlariga amaliy yechimlar belgilandi
янв.21
Mahalladagi yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati deputatlik nazorati bo‘yicha o‘rganildi
янв.21
Aholiga o‘z vaqtida va sifatli tibbiy yordam ko‘rsatilishi holati o‘rganildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etmoqda
янв.21
Xotin-qizlar faolining faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputat so‘rovi ijrosi: muammo bartaraf etildi
янв.21
Mahalla aholisi bilan deputat qabuli o‘tkazildi
Yashnobod tumanida Xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi 34-sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Sessiyada Xalq deputatlari Yashnobod tuman Kengashi deputatlari, tuman hokimi o‘rinbosarlari, tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari, ommaviy axborot vositalari hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Sessiya davomida tumanni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlari ijrosiga oid qator muhim masalalar atroflicha muhokama qilindi.

Jumladan, Yashnobod tuman Adliya bo‘limining 2026-yil I chorak yakunlari bo‘yicha norma ijodkorligi faoliyati, huquqni qo‘llash amaliyoti hamda huquqiy targ‘ibot va ma’rifat borasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitildi.

Shuningdek, tumanda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga ko‘maklashish, huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish hamda muammolarini hal etish borasida olib borilayotgan ishlar muhokama qilindi.

Sessiyada yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash hamda ularning jamiyatdagi faolligini oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Bundan tashqari, Xalq deputatlari Yashnobod tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhi faoliyatiga oid qarorga o‘zgartirish kiritish, “Yoshlar daftari” va “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamg‘armalari mablag‘laridan samarali foydalanish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Sessiya davomida mahalliy budjet daromadlari bazasini kengaytirish, qo‘shimcha manbalarni shakllantirish hamda ularni maqsadli yo‘naltirish yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha mas’ullarning axborotlari tinglandi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar yuzasidan tegishli qarorlar qabul qilinib, ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga tegishli topshiriqlar berildi.

Slide 1 of 1