Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
Yozgi ta’til — mazmunli va samarali: Termizda yoshlar uchun “Dolzarb 90 kun” dasturi muhokama qilindi!

Yig‘ilishda deputatlar, shahar hokimligi vakillari hamda tegishli tashkilot va idoralar rahbarlari ishtirok etishdi.

💬 Yig‘ilishda Termiz shahar hokimining o‘rinbosari K.Ashurovning shahar yoshlarining yozgi ta’tilini mazmunli, maroqli va samarali tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kun” chora-tadbirlar rejasini tasdiqlash bo‘yicha hisoboti tinglandi va atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬 “Dolzarb 90 kun” dasturi doirasida:

🟢Sport va sog‘lomlashtirish: Mahalla yoshlari o‘rtasida turli sport musobaqalari, xususan, futbol, voleybol va stol tennisi turnirlarini tizimli tashkil etish;

🟢Madaniy va ma’rifiy tadbirlar: Yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish uchun teatrlar, muzeylar va diqqatga sazovor joylarga ekskursiyalar uyushtirish, kitobxonlik kechalarini o‘tkazish;
🟢Intellektual rivojlanish: IT-markazlar, xorijiy tillarni o‘rgatish kurslari hamda hunarmandchilik to‘garaklariga yoshlarni keng jalb qilish;

🟢Xavfsizlik va nazorat: Yoz mavsumida cho‘milish havzalari va suv havzalarida xavfsizlik choralarini kuchaytirish, yoshlar o‘rtasida nazoratsizlik va huquqbuzarliklarning oldini olish ishlari rejalashtirilgan.

💬Yig‘ilish davomida xalq vakillari tomonidan dasturni moliyalashtirish manbalari, har bir mahallada rejalashtirilgan tadbirlarning manzilliligi hamda ularning sifat darajasiga alohida e'tibor qaratildi. Tashkilot rahbarlariga yozgi ta'til davomida har bir hududda, ayniqsa, chekka mahallalarda tadbirlarni qog‘ozda emas, amalda sifatli tashkil etish yuzasidan qat'iy ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 4