Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI OLTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMAN KENGASHINING NAVBATDAGI TO‘RTINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi uchinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Konstitutsiyamizning 32 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir oʻtkazildi
янв.21
Deputatlar joylarga chiqib oʻz saylovchilari bilan uchrashmoqda.
янв.21
9-dekabr – “Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni” munosabati bilan joylarda davra suhbatlari bo‘lib o‘tdi.
янв.21
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi yetmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik nazorati amalda
янв.21
Muzrabot tumani Korrupsiyaga qarshi kurashish komissiyasining navbatdagi yig‘ilish o‘tkazildi.
Ikkinchi chaqiriq хalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining birinchi sessiyasi to'grisida

Bugun Xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashining ikkinchi chaqiriq birinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab Yangihayot tuman saylov komissiyasi raisi Djurayev Dilmurod Alibekovichning joriy yil 27-oktyabrda bo‘lib o‘tgan saylov yakunlari to‘g‘risidagi axboroti tinglandi.

Sessiya kun tartibida xalq deputatlari Yangihayot tumani Kengashiga saylangan deputatlarning partiya guruhlarini ro‘yxatga olish, tuman Kengashining Reglamenti va doimiy komissiyalari to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash masalalari ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, sessiyada Toshkent shahar hokimining o‘rinbosari Tadjiyev Sanjar Shuhratovich so‘zga chiqib, Toshkent shahar hokimi tomonidan Yangihayot tumani hokimi lavozimiga Inogamov Xayot Ilyasovich nomzodi ko‘rsatilganligini bildirdi. 

Shundan so‘ng Inogamov Xayot Ilyasovich "Yangihayot tumanining 2025-2029-yillarda kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish" dasturi haqida sessiya qatnashchilariga ma’lumot berdi. 

Deputatlar tomonidan Toshkent shahar hokimining "Inogamov Xayot Ilyasovichni Yangihayot tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risida"gi qarori bir ovozdan tasdiqlandi.

Slide 1 of 1