Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Deputat faoliyatining muhim yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim maskanlari faoliyati o‘rganildi
янв.21
Deputatlar tomonidan qonun ijrosi yuzasidan o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi deputatlari va kotibiyati xodimlari uchun seminar o‘tkazildi
янв.21
Deputat mahalla fuqarolar yig‘ini "yettiligi" faoliyati bilan tanishdi
янв.21
Deputat tashabbusi bilan mahallada obodonlashtirish ishlari jadallashmoqda
янв.21
Tuman Kengashi raisi faoliyati: aholi muammolari joyida o‘rganilmoqda
янв.21
Tuman hokimining deputatlik faoliyati: aholi manfaati va bunyodkorlik yo‘lida
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari yuzasidan o‘rganishlar olib borildi
янв.21
Aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
DEPUTAT SO‘ROVI CHIQARILDI

Xalq deputatlari Urganch shahar Kengashi deputatlari tomonidan aholi murojaatlarini tinglash va joylardagi ijtimoiy muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar qat’iy davom ettirilmoqda.

Navbatdagi sayyor qabul davomida Urganch shahrining “Navbahor” mahallasida saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar jarayonida aholi tomonidan “bozor hududida avto-bekat barpo qilish” yuzasidan haqli e’tirozlar bildirildi.

Murojaat yuzasidan joyiga chiqqan holda o‘tkazilgan o‘rganishlarda mahalla hududida “Urganch dehqon bozori” joylashgan bo‘lib, I.Karimov nomli markaziy ko‘chasi (“To‘maris-nur” Gipermarketi hamda 9-qavatli uy oralig‘idagi masofa)da yo‘lovchilar uchun avtobuslar to‘xtash joyida bekat mavjud emasligi aholining noroziligiga sabab bo‘layotganligi aniqlandi.

Hozirda mazkur masala bo‘yicha Urganch shahar hokimi o‘rinbosariga 118-ds-449-26-sonli deputat so‘rovi chiqarildi.