21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni
1989-yil 21-oktabrda “O‘zbekiston Respublikasining davlat tili to‘g‘risida”gi qonun qabul qilingan. Unga asosan, o‘zbek tili – O‘zbekiston Respublikasida yagona davlat tili sifatida tan olingan. Mazkur qonun 1995-yil 21-dekabrda yangi tahrirda qabul qilingan.
Xalq deputatlari Uzun tumani Kengashi deputatlari va Kengash kotibiyati jamoasi 21-oktabr – "O‘zbek tili bayrami kuni" bilan barcha yurtdoshlarimizni samimiy muborakbod etadi.