Bo‘ston tumani hokimligining majlislar zalida xalq deputatlari tuman Kengashining navbatdagi oltmish to‘qqizinchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Sessiya ishida xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlari, sektor rahbarlari, tuman hokimining o‘rinbosarlari, siyosiy partiyalar rahbarlari, tashkilotlar rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari va mahalla fuqarolar yig‘inlari raislari ishtirok etdilar.
Kun tartibi bo‘yicha sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan deputatlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga ma’ruzachilardan javoblar oldilar.
Sessiyada ko‘rib chiqilgan masalalar yuzasidan xalq deputatlari tuman kengashining tegishli qarorlari qabul qilindi.