Deputatlar tumanning faol yoshlari bilan uchrashdilar
Ma’lumki, joriy yilning 27-oktabr kuni mamlakatimizda “Mening tanlovim–obod Vatanim” shiori ostida o‘tkaziladigan O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi hamda Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari saylovini uyushqoqlik bilan o‘tkazish uchun joylarda qizg‘in ishlar olib borilmoqda.
Xalq deputatlari Quva tuman Kengashi deputatlari tuman Yoshlar ishlari bo‘limi majlislar zalida tumanning faol yoshlari bilan uchrashib, ularga o‘tkaziladigan saylov Konstitutsiyamizda belgilab berilgan mutlaqo yangi ijtimoiy-siyosiy muhitda, yangi saylov tizimi asosida o‘tkazilishi, mazkur saylovning o‘ziga xosliklari to‘g‘risida tushunchalar berdilar. Uchrashuv davomida deputalar tuman faol yoshlari tomonidan mavzu yuzasidan berilgan savollarga javoblar berdilar.