Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlardagi Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: yuborilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tumandagi mahallalarda aholi uchun hokim va tuman Kengashi raisi hamkorligida qabullar o‘tkazilmoqda
янв.21
Joylarda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
DOLZARB 90 KUNLIK: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN IMKONIYATLAR FASLI
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
📌 Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati D.Xasanova hamda Kengash kotibiyati xodimi U.Ruzmetov tomonidan tumandagi Yangiobod mahallasida fuqaro D.Jumaniyazovning og‘zaki murojaati asosida joyiga chiqqan holda o‘rganish o‘tkazildi.

🔍 O‘rganish O‘zbekiston Respublikasining “Chiqindilar to‘g‘risida”gi O‘RQ-362-II-son Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirildi.

♻️ Murojaatda mahalla hududidagi qattiq maishiy chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqib ketilmayotgani yuzasidan muammo ko‘tarilgan.

📍“Eko Klaster” MCHJ rahbari E.Achilov bilan bog‘lanildi hamda masalani bartaraf etish yuzasidan tegishli choralar ko‘rildi.

🚛 Natijada mahallada to‘planib qolgan maishiy chiqindilar olinib, fuqaro murojaatida ko‘rsatilgan muammo ijobiy hal etildi.

✅ Fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda hududlarda mavjud muammolarni tezkor bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.