Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati - O‘zbekiston Liberal-Demokratik partiyasidan Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga Surxondaryo 41-saylov okrugidan nomzod Alisher Shermatovning saylovoldi targ‘ibot uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Uchrashuvda tuman Kengashiga qo‘yilgan nomzodlar partiya faollari nuroniy va mahalla faollari ishtirok etishdi. Tadbirda partiya va partiya faoliyatiga doir hamda nomzodlarning targ‘ibot tarqatma materiallari saylovchilarga tarqatildi, targ‘ibot tadbirida nomzodlar partiyaning asosiy yo‘nalishlari bo‘yicha ma’lumotlar berib o‘tdi, saylovoldi tadbiri muhokamalar, taklif va savollar asnosida qizg‘in tarzda
o‘tdi.