Murojaat va yechim: Fuqarolar qabuli
Bugun Boysun
tumani hokimligida navbatdagi fuqarolar qabuli bo‘lib o‘tdi.
Qabulda, Xalq deputatlari
Boysun tumani Kengashi raisi, tuman hokimi Bahodir Shukurov, tuman hokimining
sohalar bo‘yicha o‘rinbosarlari, tumandagi aloqador korxona va tashkilot
rahbarlari ishtirok etishdi.
Fuqarolar
tomonidan ish bilan ta’minlash, tibbiyot, kredit, kadastr, uy joy olishda
yordam, ichki yo'llar ta'miri, yoshlar masalasi va boshqa masalalarda og‘zaki
va yozma murojaatlar ko'rib chiqildi.
Qabul davomida
fuqarolar tomonidan berilgan har bir murojaatlar batafsil o‘rganilib, ijobiy
hal etilishi va qonun doirasida o‘rganilishi yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga
ko‘rsatmalar berilib, ijrosi nazoratga olindi.