4-oktabr kuni Angor tuman 14 - sonli umumta'lim maktabida “Har bir inson farovonligi uchun” shiori ostida O‘zbekiston xalq demokratik partiyasidan tuman deputatligiga nomzod Raxmonov Erkin Xolliyevichning saylovchilar bilan uchrashuv tashkil etildi.
Uchrashuvda barcha nomzodlar, nuroniylar, partiyaning boshlang‘ich tashkilotlari vakillari va a’zolari, mahalla faollari, partiyaga xayrixoh yoshlar, xotin-qizlar ishtirok etdi. Tadbirda nomzod tamonidan partiyaning yangi saylovoldi dasturida belgilangan maqsad va vazifalar haqida atroflicha so‘z yuritilib, davlat va jamiyatni rivojlantirish, huquqlar va imkoniyatlar tengligini ta’minlash, kuchli ijtimoiy siyosat yuritishga oid ko‘plab taklif va tashabbuslar ilgari surilgani to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tildi.