Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA IKKINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashining navbatdagi 22-sessiyasini chaqirish to‘g‘risida tuman Kengash raisi Farmoyishi qabul qilindi
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha o‘rganishlar o‘tkazildi
янв.21
“Darband” mahallasida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan qurilish ta’mirlash ishlari deputat tomonidan o‘rganildi.
янв.21
15-may — "Xalqaro oila kuni" munosabati bilan Muzrabot tumanida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sovrindorlari hamda tanlovda munosib ishtirok etgan tuman bosqichi g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati
янв.21
“Alpomish” mahallasidagi deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari davom etdi
янв.21
“Alpomish” mahallasida yangi davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini qurilishi ishlar o‘rganildi.
янв.21
“Alpomish” mahallasida PQ-141-sonli qarori asosida loyihalar bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi.
Mahallada yoshlar bilan amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o’rganildi.

А.Наоий мahallada yoshlar bilan amalga oshirilayotgan barcha ishlar 2-А.Навоий saylov okrugi deputati Л.Авезова tomonidan atroflicha va keng ko’lamda o’rganildi. Bu jarayonda yoshlarning ijtimoiy faolligini ta’minlash, ularni ta’lim, sport, ma’naviy tarbiya va kasb-hunar sohalarida qo’llab-quvvatlash masalalari alohida e’tiborga olindi. Mahallada yoshlarning kundalik faoliyati, ko’ngillilik ishlari va turli ijtimoiy tadbirlarda ishtirok etishi ham tahlil qilindi.

O’rganish jarayonida deputat taklif va tashabbuslarini bildirdi. Ayniqsa, ularning bilim olish imkoniyatlari, sport va madaniy faoliyatda qatnashishi, kasb-hunar va tadbirkorlik sohalarida rivojlanish imkoniyatlari muhokama qildi. Yoshlarning uy sharoitida va

mahallada o’zini rivojlantirishi, kichik biznes va kasb-hunarlar orqali daromad topish imkoniyatlari ham deputat e’tiboriga olindi.

Shuningdek, deputat mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda yoshlarni qo’llab-quvvatlashga qaratilgan aniq chora-tadbirlar belgiladi. Bu tadbirlar doirasida yoshlar uchun trening va o’quv kurslari tashkil etish, sport va madaniy tadbirlarini rivojlantirish, ijtimoiy va ma’naviy ko’nikmalarini oshirish bo’yicha ishlar olib borilda.

Mahallada amalga oshirilayotgan bu ishlar yoshlarning faolligini va jamiyatdagi o’rnini mustahkamlashga xizmat qiladi. Deputat tomonidan bu yo’nalishdagi ishlar muntazam ravishda nazorat qilib boriladi, mavjud muammolarni bartaraf etish va samaradorlikni oshirish bo’yicha zarur tavsiyalar va topshiriqlar berib borildi.

Aholi va yoshlar bilan yaqin hamkorlik orqali bu yo’nalishdagi ishlar kelgusida ham kengaytirib borilishi, mahallada yoshlarning ijtimoiy, ma’naviy va kasbiy rivojlanishi uchun qulay muhit yaratildi. 

Slide 1 of 1