Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat saylovchilari bilan suxbat o‘tkazdi
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Deputat faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari
янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGAShI DOIMIY KOMISSIYALARI FAOLIYATI
янв.21
Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risidagi qonun ijrosi o‘rganildi
янв.21
Xalq deputatlari Muzrabot tumani Kengashi doimiy komissiyasi majlisi o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Har bir murojaat deputatlar e’tiborida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: murojaat qilingan masala ijrosini ta’minlash nazoratga olindi
янв.21
Deputatlar tomonidan tumanda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
✅ J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi kotibiyati mudiri N.Kiyamov tomonidan 2-Nizomiy saylov okrugiga qarashli, deputatlik o‘rni vakant bo‘lganligi sababli kotibiyat mudiriga biriktirilgan J.Mahmudov mahallasida yoshlar yetakchisi faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida mahallada 2026-yilning 1-choragi davomida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish va mavjud muammolarini hal etish borasida amalga oshirilgan ishlar ko‘rib chiqildi.

Xususan, yil boshida mahalladagi barcha yoshlar to‘liq xatlovdan o‘tkazilib, ularning ijtimoiy holati, bandlik darajasi, qiziqishlari va muammolari aniqlangan. Aniqlangan muammolar asosida har bir yosh kesimida manzilli “yo‘l xaritalari” ishlab chiqilib, individual ishlash yo‘lga qo‘yilgan.

Bandlikni ta’minlash yo‘nalishida 6 nafar ishsiz yosh hokim yordamchisi bilan hamkorlikda doimiy ish o‘rinlariga joylashtirilgan. Bundan tashqari, ayrim yoshlarni kasb-hunarga yo‘naltirish, o‘qitish va tadbirkorlikka jalb etish bo‘yicha ham amaliy ishlar olib borilgan.

Shuningdek, mahallada yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida sport musobaqalari, madaniy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari va targ‘ibot uchrashuvlari muntazam tashkil etilgani qayd etildi.

Mazkur ishlarning amaliy samarasi sifatida mahallaning “Qalqon” jamoasi tuman bosqichidagi harbiy-sport musobaqasida 1-o‘rinni egallab, 7 million so‘m pul mukofoti bilan taqdirlangan. Shuningdek, viloyat bosqichida ham 2-o‘rinni qo‘lga kiritib, 10 million so‘m pul mukofotiga sazovor bo‘lgan.

O‘rganish yakunida yoshlar bilan ishlash, ularning bandligini ta’minlash va mavjud muammolarni manzilli hal etish bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish yuzasidan tegishli tavsiyalar berildi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating:

Telegramm (https://t.me/Ishtixon_tuman_Kengashi) | Web-sayt (https://kengash.gov.uz/ishtixon) | Facebook (https://www.facebook.com/share/1Aq9YsjUr2/) | Instagram (https://www.instagram.com/ishtixontumanikengashi?utm_source=qr&igsh=ZDZ4YjJvd3k3aGp2)

Slide 1 of 4