Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
XALQ DEPUTATLARI MUZRABOT TUMANI KENGASHINING YIGIRMA UCHINCHI SESSIYASI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Hududlardagi Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: yuborilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tumandagi mahallalarda aholi uchun hokim va tuman Kengashi raisi hamkorligida qabullar o‘tkazilmoqda
янв.21
Joylarda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
DOLZARB 90 KUNLIK: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN IMKONIYATLAR FASLI
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi
NOGIRONLIGI BO‘LGAN SHAXSLAR UCHUN SPORT IMKONIYATLARI O‘RGANILDI

O‘zbekiston Xalq demokratik partiyasi deputatlik guruhi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 8-noyabrdagi “Nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga jalb etish orqali jismoniy reabilitatsiya qilish tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ–389-son qarori ijrosi yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida Xalq deputatlari Yunusobod tuman Kengashi deputatlari Sanjar Sobirjonov va Gulirano Azimova, shuningdek, O‘zXDP Yunusobod tuman Kengashi raisi Muxlisa Kosimova ishtirok etdi.

Jarayonda nogironligi bo‘lgan shaxslarni sportga keng jalb etish, ularning jismoniy reabilitatsiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud imkoniyatlardan foydalanish holati hamda bu boradagi ishlar samaradorligi o‘rganildi.

Mazkur o‘rganish natijalari asosida aniqlangan masalalar yuzasidan tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Inson qadri, ijtimoiy himoya va teng imkoniyatlar — doimiy e’tiborimizda.

Bizni kuzatishda davom eting!

Slide 1 of 3