Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hududlardagi Davlat dasturlari ijrosi deputatlik nazoratida
янв.21
Deputatlik so‘rovi ijrosi: yuborilgan masala yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuman komissiyasi tomonidan o‘rganish o‘tkazildi
янв.21
Deputat nazorati
янв.21
Tumandagi mahallalarda aholi uchun hokim va tuman Kengashi raisi hamkorligida qabullar o‘tkazilmoqda
янв.21
Joylarda qonunlar ijrosi va targ‘iboti bo‘yicha o‘rganishlar olib borilmoqda
янв.21
Mahallada aholiga ko‘rsatilayotgan tibbiy xizmat sifati o‘rganildi
янв.21
DOLZARB 90 KUNLIK: MAKTAB O‘QUVCHILARI UCHUN IMKONIYATLAR FASLI
янв.21
Yoshlar maslahat guruhi tomonidan yoshlarga oid davlat siyosati qonuni ijrosi o‘rganildi
янв.21
“Gulobod” mahallasida “mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Mahalla raislari salomatligi – hudud rivoji va samarali boshqaruv garovi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Mahalla raislari salomatligi – hudud rivoji va samarali boshqaruv garovi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov boshchiligida Olmazor tumanining 10-Chuqursoy saylov okrugi hududidagi mahallalarda faoliyat yuritayotgan raislarning salomatligini mustahkamlash, ularning kasbiy faoliyatini qo‘llab-quvvatlash hamda profilaktik tibbiy xizmatlar sifatini oshirishga qaratilgan muhim tashabbus amalga oshirildi.

📍 Mazkur tashabbus doirasida okrugdagi 11 ta mahalla fuqarolar yig‘ini, jumladan “Yangi Toshkent”, “Paxta”, “Moyariq”, “Gulzor”, “Elparvar”, “Ahil”, “Ibrohim ota”, “Chuqursoy”, “Gulsaroy”, “Istiqbol” va “Umid” mahallalari raislari Akademik V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan xirurgiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazildi.

🩺 Tibbiy ko‘rik davomida mahalla raislari uchun zamonaviy diagnostika va malakali mutaxassislar ko‘rigidan o‘tish imkoniyati yaratildi. Xususan, umumiy qon, biokimyoviy va siydik tahlillari, EKG, ExoKG, qorin bo‘shlig‘i a’zolarining ultratovush tekshiruvlari o‘tkazilib, terapevt, kardiolog, nevropatolog, gastroenterolog, gepatolog, xirurg hamda boshqa tor soha mutaxassislari tomonidan individual ko‘rik tashkil etildi.

📝 Har bir ishtirokchining sog‘lig‘i chuqur tahlil qilinib, aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli tavsiyalar, sog‘lomlashtirish choralari va individual davolash rejalari ishlab chiqildi. Shu bilan birga, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollikni oshirish hamda stressni boshqarish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi.

🤝 Ushbu tashabbus Mahalliy Kengash deputati faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri — aholiga o‘z vaqtida sifatli tibbiy yordam ko‘rsatish, ijtimoiy xizmatlar samaradorligini oshirish va mahalla tizimidagi boshqaruv bo‘g‘inlarini qo‘llab-quvvatlash kabi ustuvor vazifalar bilan hamohang holda amalga oshirildi.

✅ Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi deputati Saidmurod Ismailov tomonidan ilgari surilgan mazkur amaliy tashabbus mahalla institutida faoliyat yuritayotgan rahbar xodimlarning sog‘lig‘ini mustahkamlash, ularning mehnat unumdorligini oshirish hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini yanada yaxshilashga xizmat qilmoqda. Kelgusida bu kabi profilaktik va ijtimoiy yo‘naltirilgan tadbirlarni izchil davom ettirish rejalashtirilgan.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10