Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Muzrabotda DXX kubogi musobaqalari g‘oliblarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputatlik so‘rovi: mahalladagi harakat xavfsizligini ta’minlash masalasi bo‘yicha
янв.21
“Fidokor” mahallasida aholi bilan hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida aholi uchun hokim va deputatlar hamkorligidagi qabul o‘tkazildi
янв.21
Deputatlik nazorat-tahlil tadbirlari
янв.21
Deputat tashabbusi
янв.21
Deputat nazorati: g‘alla o‘rim-yig‘im ishlari diqqat markazida
янв.21
Muzrabot tumanida qurilish va obodonlashtirish ishlari izchil davom etmoqda
янв.21
“Yangiyer” mahallasida aholining tomorqalaridan samarali foydalanishi o‘rganildi
янв.21
Deputat tomonidan aholi tomorqalaridan unumli foydalanish holati o‘rganildi
“Do‘stlik” mahallasida bandlik va tadbirkorlik — amaliy natijalar

 Xalq deputatlari Taxiatosh tumani Kengashiga Oʻzbekiston Milliy tiklanish demokratik partiyasidan saylangan deputat Daubaeva Bazargul Maxammatdinovna tomonidan “Do‘stlik” mahallasida aholi bandligini ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan
ishlar bir necha yo‘nalishda o‘rganildi.
 

📌 Bandlik va kambag‘allikni qisqartirish yo‘nalishi
Mahalla hokim yordamchisi B.Jumaniyazov bilan suhbat davomida:

🔹 aholini kambag‘allikdan chiqarish
🔹 ishsiz fuqarolar bandligini ta’minlash
🔹 mahalladagi amaliy ishlar samaradorligi muhokama qilindi.
Shuningdek, ish bilan ta’minlangan fuqarolar faoliyatini joyiga chiqib o‘rganish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Tadbirkorlik: 30 mln so‘mlik loyiha
Fuqaro M.Yerniyazovga plastik oyna romlari, eshik va darvozalar ishlab chiqarish faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun:

🔹 ish qurollari va stanoklar xarid qilish maqsadida 30 mln so‘m kredit olishiga amaliy yordam ko‘rsatilgan.
Bugungi kunda u 3 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlab, faoliyatini davomettirmoqda. 

🥟 Kichik biznes — barqaror daromad manbai
Fuqaro N.Jienbaevaga non, somsa va turli pishiriqlar tayyorlash faoliyatini yo‘lga qo‘yish uchun:
🔥 pechka va zarur asbob-uskunalar
💰 10 mln so‘m kredit ajratilishida ko‘mak berilgan.
Natijada u 3 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlagan.   

💧 Ijtimoiy yo‘nalish: toza suv xizmati
Fuqaro I.Shamshetova tomonidan tozalangan ichimlik suvi ishlab chiqarish va yetkazib berish yo‘lga qo‘yildi.
Buning uchun:
🛠 zarur uskunalar xarid qilishga 10 mln so‘m kredit ajratilishida yordam ko‘rsatilgan.
Hozirda u 2 nafar fuqaroni ish bilan ta’minlab faoliyat yuritmoqda.    

📌 Xulosa:
“Do‘stlik” mahallasida amalga oshirilayotgan bunday tashabbuslar — aholi bandligini oshirish, kichik biznesni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishda muhim amaliy natija bermoqda.
  

Slide 1 of 9