Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Oilalar ijtimoiy sharoiti o‘rganilganda

 Hudud yoshlari xonadonlari tomorqasidan unumli foydalanmoqdalar. Bu nafaqat oila farovonligini oshirish, balki yoshlar bandligini ta’minlash va tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishning muhim omilidir. Tomorqadan samarali foydalanish orqali yoshlar qo‘shimcha daromad olish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirish va innovatsion texnologiyalarni, ya’ni ixcham issiqxonalar joriy etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. 

Hududdagi ijtimoiy xodim tomonidan 2026-yil boshidan shu kuniga qadar amalga oshirilgan ishlar o‘rganilganda: Oqtepa, Urganji va Miltiqchi
qishloqlarida yashovchi 130 nafar fuqaroga ijtimoiy ko‘mak sifatida moddiy yordamlar ko‘rsatilganligi, shuningdek ehtiyojmand fuqarolar Mo‘minov Faxriddin va Saidov To‘lanboy xonadonlarining qurilish-ta’mirlash xarajatlari uchun “Saxovat va ko‘mak” jamg‘armasi hisobidan 20600000 so‘m mablag‘ ajratilganligi aniqlandi.
 

Muhtoj shaxslar Qoraboyeva Nargizaxon va Raxmatillayeva Xosiyatxon homiylar hisobidan protez-ortopediya moslamalari bilan ta’minlangan bo‘lsa, Ismoilova Zuxraxonga nogironlik aravachasi olib berilgan. 

Oilalarga ijtimoiy yordam tariqasida: Sultonova Rashidaxon va Muqimova Nodiraxon farzandlari imtiyozli ravishda maktabgacha davlat ta’lim tashkiloti – bolalar bog‘chasiga joylashtirilgan. 

Soliyev Azizjon, Xasanov Farruxbek, Shoimova Xajaloy, Xolboyev To‘lqinjon, Oripova Naziraxon, Saidova Nozigul va Oripova Nargizaxon xonadonlariga homiylik asosida bepul oziq-ovqat mahsulotlari tarqatilgan. 

  Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1