“Bunyodkor” mahallasi hududida aholi tomorqa yerlarini sug‘orishni yaxshilash maqsadida o‘rnatilgan nasos agregatori faoliyati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi. Mazkur jarayonda tuman deputati, kotibiyat mudiri X.Berdiyarova, deputat A.Ibadullayev, bosh mutaxassis Sh.Suvankulov hamda tuman hokimi o‘rinbosarlari ishtirok etdi.
O‘rganishlar davomida nasos agregatori aholi tomorqalarini suv bilan ta’minlashda muntazam va barqaror ishlayotgani aniqlandi. Shuningdek, hududdagi transformator hamda quyosh panellari atrofi xavfsizlik talablariga muvofiq tarzda o‘rab olingani qayd etildi.
Mazkur ishlar aholi uchun qulaylik yaratish hamda xavfsizlikni ta’minlash borasida muhim ahamiyat kasb etmoqda.