Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
SESSIYA KUN TARTIBIDAGI MASALA DEPUTATLAR NAZORATIDA

Jumladan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi “2026-yilda hududlarni yangicha yondashuvlar asosida rivojlantirish orqali aholi daromadini oshirish,
barqaror ish oʻrinlarini yaratish hamda kambagʻallikni qisqartirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-49-sonli qarori asosida “mahalla yettiligi” xulosasiga asosan Ijtimoiy reestrdagi I guruh nogironligi boʻlgan va mehnatga layoqatli aʼzosi boʻlmagan oilalar xonadonlarining devor va tomlarini izolyatsiya qilish, energiya tejamkor deraza va eshik hamda quyosh panellari yoki geliokollektor oʻrnatish ishlari amalga oshirilishi belgilangan, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 30-yanvardagi “Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimini moliyalashtirish tartib-taomillarini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi PF-17-sonli Farmoni asosida “Infratuzilma va ijtimoiy barqarorlik” jamgʻarmasi mablagʻlaridan xarajatlar Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari tomonidan amalga oshirilishi belgilangan. Mazkur qaror va farmon ijrosini taʼminlash va
oʻrganish maqsadida Kulolchi MFYda Ijtimoiy reestrdagi fuqarolar xonadonlarida amalaga oshirilayotgan qurilish va taʼmirlash boʻyicha ish jarayonlari bilan tanishildi. Xonadonlarda olib borilayotgan taʼmirlash ishlari boʻyicha quruvchilar bilan suhbatlashildi.

Oʻrganishda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan masʼullarga tegishli koʻrsatmalar berildi va ularni bartaraf etish boʻyicha aniq vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 6