Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Mahallada aholi bilan muloqot o‘tkazildi
янв.21
Deputatlarning “mahalla yettiligi” bilan o‘zaro hamkorligi
янв.21
Deputatning saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvi o‘tkazildi
янв.21
“Buyuk ipak yo‘li” mahallasida dastur bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Mahallada hokim yordamchisi faoliyati o‘rganildi
янв.21
Aholi murojaatlari deputatlar e’tiborida
янв.21
Dastur asosida qurilayotgan davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida amalga oshirilayotgan ishlar deputat tomonidan o‘rganildi
янв.21
“Sopollitepa” mahallasida ijtimoiy xodim tomonidan aholining ijtimoiy ehtiyojmand qismiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar o‘rganildi
янв.21
“Mahalla yettiligi” faoliyati o‘rganildi
Deputat nazorati

Hududlarda sport infratuzilmasi o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Qibray tuman Kengashi deputatlari A.Tadjibayev, A.Xudayqulov, O.Toirov, tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi A.Ashirmatov hamda “Madad” NNT vakili S.Eshbekov ishtirokida “Shalola” mahallasida aholi, ayniqsa yoshlar va bolalar uchun mo‘ljallangan sport inshootlari holati joyiga chiqib o‘rganildi.

O‘rganish jarayonida mavjud sport maydonchalari, ularning foydalanish darajasi, texnik holati hamda hududda qo‘shimcha sport infratuzilmasiga bo‘lgan ehtiyojlar tahlil qilindi.

Shuningdek, aholi vakillari bilan muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va mulohazalari tinglandi. Bildirilgan fikrlar asosida hududda sport infratuzilmasini yanada rivojlantirish bo‘yicha tegishli choralar belgilanishi qayd etildi.

Slide 1 of 6